Toshkentning “Paxtakor” klubi Grigoriy Kolosovskiy hamda Viktor Jalilovni ham ishdan chetlatdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Aniqlik kiritilishicha, rahbariyat almashgach odatda murabbiylar o‘z ishini davom ettirishi mumkin edi. Biroq yangi rahbariyat yangi kollektivni shakllantirishni maqsad qilgan.
Klub avvalroq Samvel Babayanning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi yordamchisi Ravshan Haydarovga 20 kun deganda chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi. Endi esa termadagi ikkinchi yordamchi Viktor Jalilov ham uning yoniga qo‘shildi.
“Paxtakor” yaqin kunlar ichida o‘zining yangi dasturini ommaga e’lon qilishi mumkin. Ayni vaqtda klub xorijdan murabbiy izlash ishlari bilan band.
Ayni vaqtda jamoani Jasur Abduraimov vaqtincha boshqarib turibdi. Uning boshqaruvida “Paxtakor” ilk o‘yinida “Navbahor”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)