Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvan yetakchisi Say Invenning yana bir marta telefon orqali suhbatlashish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Tramp o‘z qarorini Pekin Shimoliy Koreyani jilovlashga yordam berayotgan bir paytda Xitoy prezidenti Si Szinpinga muammolar yaratishni istamasligi bilan izohladi.

“Mening muammom shundaki, prezident Si Szinpin bilan juda yaxshi munosabatlarni o‘rnatdim”, — deydi siyosatchi agentlikka va Xitoy rahbari Pxenyanning yangi raketa va yadro sinovlari oldini olishda AQShga ko‘mak berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganligini haqiqatda his etayotganligini ta’kidladi.

“Shu tariqa men unga biror bir qiyinchilik tug‘dirishni istamayman”, — deya ta’kidladi Amerika yetakchisi.

Tramp Tayvan yetakchisi Say Inven bilan 2016-yilning dekabrida birinchi marta telefon orqali suhbatlashgan edi. 1979-yildan buyon Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga amal qilib, Pekinni Xitoy vakili sifatida tan olib kelganligi tufayli Associated Press bu suhbatni “o‘ta noodatiy” deb atagan edi. Bu suhbatdan so‘ng Pekin AQShga diplomatik protest bildirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)