Rossiyaning Kemerovo vilyatida “BelAZ” mashinasining shishirilayotgan payti yorilib ketgan g‘ildiragi yengil mashinani ezib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, voqea Kiselyovsk shahri avtobazalaridan birida ro‘y berdi. Og‘ir mashinaga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ishchilar kamer bosimini noto‘g‘ri hisoblagani bois u yorilib ketdi. Bir necha metrga uchib ketgan g‘ildirak shu yerda turgan Toyota Corolla ustiga tushdi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Bosib qolingan mashinani qayta tiklab bo‘lmaydi.
Izoh (0)