O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi 1-maydan e’tiboran sinov tartibida ichki ishlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar qabul qiladigan ishonch telefonlarini ishga tushiradi. Bu haqda, IIV matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu qaror Prezidentning “ichki ishlar organlari xodimlarning xatti-harakatlaridan norozi jismoniy va yuridik shaxslarning g‘ovlarsiz murojaati”ni ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi farmoni ijrosi doirasida qabul qilindi.
Telefon orqali murojaatlarni qabul qilish markazi yangi jismoniy, yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi doirasida yaratilmoqda.
Ishonch telefoni raqami oy oxiriga qadar e’lon qilinadi.
Izoh (0)