Chernogoriya Skupshchinasi (parlamenti) mamlakatning NATOga qo‘shilishini yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
NATOga qo‘shilish borasida ovoz berish uchun parlament poytaxt Podgoritsada emas, balki mamlakatning tarixan bosh shahri Sentinyada to‘plandi. Yig‘ilishda parlamentariylarning 56 foizi yoki 46 deputat qatnashdi. Ularning bari NATOga qirishni yoqlab chiqdi.
Rossiya TIV bu qadam ikki tomonlama munosabatlarga zarar yetkazishidan ogohlantirdi, “Rospotrebnadzor” RFga Chernogoriya vinosini olib kirishni taqiqladi.
Izoh (0)