Avstraliyaning Kvinslend shtati oliy sudi sudyasi Enn Layans hukm o‘qish chog‘ida narkodilerni maqtadi. Sudya u o‘z ishlarini yaxshi olib borganini ta’kidladi, deb xabar beradi Meduza.
18 yoshli Broudi Geri Satterli 2015-yil iyunida qo‘lga olingan edi. Politsiyachilar u narkotik sarhushlik holatida ekanligini payqab, uning mashinasida tintuv o‘tkazdi va giyohvand moddalar topdi. Jinoyatchining telefonini o‘rganish natijasida ular yigit metamfetamin sotishini aniqladi.
Satterli o‘z faoliyatini tashkil etishga nihoyatda jiddiy yondashgani ma’lum bo‘ldi: u mijozlarga chegirmalar taklif qilar, “mahsulot” sifatidan noliganlarga pullarini qaytarar edi. Shuningdek, diler preyskurant tuzib, xaridorlarning fikrlarini o‘rganib borar, mahsulotni reklama qilar hamda biznes yuritish strategiyasini muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazar edi.
Hukmni o‘qish chog‘ida sudya Layans Satterli “yaxshi ko‘nikmalar” namoyish etganini tan oldi.
“Tushunarliki, bu yaxshi biznes emas, lekin yaxshi biznes-model. Siz biznesda muvaffaqiyatga erisha olasiz, shu bois aqllisiz”, — dedi sudya ayblanuvchiga.
Narkodiler uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, ammo uni shu zahotiyoq javobgarlikdan ozod qildi. U sud va tergov davom etgan ikki yil davomida giyohvand moddalar iste’mol qilmagani va qonun buzmagani bunga asos bo‘ldi.
Izoh (0)