Turkiyada 9 mingdan ortiq politsiyachi ishdan chetlatildi, ming kishi hibsga olindi. Ular muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Rasmiylarning bildirishicha, bu 26-aprel kuni o‘tkazilgan operatsiya doirasida 3224 kishi hibsga olishga ruxsatnomalar berildi, shu bois hibsga olishlar hali davom etadi. Hibsga olinganlar “maxfiy imomlar” deb nomlanmoqda. Ular politsiya saflariga qo‘shilib, Gulenga tarafdorlar yollash bilan shug‘ullangani aytilmoqda.
Turkiyadagi to‘ntarish taftishlar doirasida jami 113 ming kishi ushlandi va so‘roq qilindi, ular orasida davlat xizmatchilari, politsiyachilar, harbiylar va o‘qituvchilar bor. 47 ming kishi hibsga olindi. Mamlakat parlamenti favqulodda vaziyat rejimin yana uch oyga, 19-iyulga qadar uzaytirdi.
Izoh (0)