Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Markazda tadbirkorlarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu yerda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan muammo va masalalar yuzasidan turli soha mutaxassislaridan javob olishlari mumkin. 

Endi tadbirkor muammosini hal qilish uchun turli tashkilotlarga borib yurmaydi. Ushbu markazda barcha soha mutaxassislari ularning talab va takliflarini o‘rganadi va yechimini topadi. Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tadbirkorlarning haqiqiy ko‘makchisi bo‘lishi lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Tumanlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish markazlari tashkil etilib, ular tomorqadan samarali foydalanish, mikrobiznesni yo‘lga qo‘yish, mikrokreditlarni rasmiylashtirish, ajratilgan kreditlarni monitoring qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Viloyat bo‘yicha 91 ana shunday markaz ochilishi ko‘zda tutilgan. 
Agar biz eng olis hududlarda ham tadbirkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, avvalo, aholiga tadbirkorlik bo‘yicha yetarlicha tushuncha va bilim berishimiz kerak. Tadbirkorlarga imkoniyat va sharoit yaratib bersak, ular o‘zlarini ham, aholini ham ish bilan ta’minlaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shu yerda viloyat iqtisodiyot kompleksi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka ko‘maklashish tizimi hamda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik
Mahalliy
Prezident Toshkent energetika tizimi bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi