Google asoschilaridan biri Sergey Brin dirijabl qurish bo‘yicha maxfiy loyiha olib bormoqda. Bu Bloomberg agentligiga ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Qurilish Eyms tadqiqot markazida olib borilmoqda. 2015-yili u yerda Google bo‘linmalaridan biri NASA’dan bir necha katta angar sotib olgan edi. Markaz Google shtab-kvartirasi joylashgan Mauntin-Vyuga yaqindir.
Ma’lum qilinishicha, g‘oya Brinda uch yil oldin, u “Meykon” dirijablining fotosuratlarini ko‘rganida tug‘ilgan. Mazkur eng yirik geliyli dirijabl 1933-yili AQSh harbiy-dengiz kuchlari buyurtmasiga binoan qurilgan edi. Loyihaga NASA loyihalarining sobiq rahbari Alan Ueston boshchilik qilgan edi.
2013-yili Ueston yoqilg‘i sarfi nuqtai nazaridan samolyotdan ko‘ra samarador bo‘ladigan dirijabl yaratish mumkinligini aytib o‘tgan edi.
Brinning o‘zi bu yangilikka izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)