Britaniyaning Uiltshir grafligida qurilish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida Birinchi Jahon urushi yillariga oid askarlar mashg‘uloti uchun ishlatilgan ulkan tunnel va transheyalar tizimi aniqlandi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tunnellarda ikki yuzdan ortiq granatalar topilgan bo‘lib, ularning yarmini hali ishlatish mumkin. Shuningdek, mashg‘ulot maydonchasidan sigaretlar, konfetlar va konserva bankalari topildi.
Maydoncha askarlar jang chog‘ida tushib qoladigan shart-sharoitlarni jonlantirishi lozim edi. Tunnellar devorlarida ko‘plab yozuvlar qoldirilgan. Arxeologlarning ta’kidlashicha, askarlar mashg‘ulot okoplarida haftalab turgan. Ularning ovqati sirasiga, yuqoridagilardan tashqari, pishloq va quyultirilgan sut kirgan.
Arxeologlarning taxmin qilishicha, dastavval faqat transheyalar bo‘lgan, keyin esa tunnellar tizimi yaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida ular dushmanni eshitish uchun tunnellar qazigan, eshitishda esa stetoskoplardan foydalangan.
Obyekt o‘rganib chiqilgach, tunnellarga beton quyiladi, joyning o‘zida esa 400 uy qad ko‘taradi.
Izoh (0)