Yaponiyaning Asaxikava shahridagi metallni qayta ishlaydigan zavodda doshqozonning portlashi oqibatida kamida 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi juda og‘ir kuyish jarohatini olgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazildi. Zavod binosi ustida yirik tutun ko‘tarilgani qayd etilmoqda.
Politsiya zavodga yaqin joyda yashaydigan aholini xavfsizlik nuqtayi nazaridan uylarini tark etishga chaqirmoqda.
Hozircha hodisa nima sababdan ro‘y bergani noma’lum. Guvohlarning aytishicha, portlashdan keyin yana bir nechta kichik portlashlar bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)