Koreya yarim orolidagi keskinlikning ortishi munosabati bilan Xitoy hukumati Shimoliy Koreya chegaralariga 100 ming kishilik qo‘shinlar guruhini olib keldi. XXR Qurolli kuchlari jangovar shaylik darajasi oshirildi. Bu haqda, Yaponiyaning Yomiuri nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kuchaytirilgan rejim XXR armiyasida aprel oyining o‘rtalarida joriy etilgan edi.
Ayni paytda AQSh KXDRga qarshi jiddiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgani, shuningdek, rasmiy Pxenyanning keskin bayonotlari mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi.
Izoh (0)