AQSh hukumati 2018-moliyaviy yilda O‘zbekistonga Davlat departamenti orqali ko‘rsatiladigan yordamni 4,4 foizga oshirib, 9,3 million dollarga yetkazadi. Bu haqda Foreign Policy’da chop etilgan budjet hujjatidan ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “1News.uz”.
Bundan tashqari, xuddi shu fiskal yilda Ukrainaga ko‘rsatilajak yordam hajmi 68,8 foizga tushib, 570 million dollardan 177 million dollargacha pasayadi. Boshqa ayrim davlatlarga ko‘rsatiladigan yordam hajmi ham qisqaradi. Quyidagi davlatlarga yordam ko‘rsatilishi butunlay to‘xtatiladi: Armaniston (ilgari 17,6 million dollar ajratilishi rejalashtirilgan edi), Ozarbayjon va Belarus (7,7 million dollardan), Gruziya (47,5 million dollar), Qozog‘iston (6,1 million dollar), Turkmaniston (3,9 million dollar) va boshqalar.
Davlat departamenti Qirg‘iziston va Tojikistonga ko‘rsatiladigan yordamni 60 va 47,6 foizga kamaytirdi, bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 18 va 17 million dollarga tushib ketdi. Vyetnam, Kuba va yana bir qator davlatlar yordamdan butunlay mosuvo bo‘ldi.
Izoh (0)