Olmaota politsiyasi shahar metropolitenida go‘yoki bomba qo‘yilganligi haqida xabar bergan kishining shaxsini aniqladi. Bu haqda Olmaota ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
“Ichki ishlar organlari, shuningdek, Olmaota shahri va Olmaota viloyati maxsus xizmatlarining birgalikdagi harakatlari tufayli minalashtirilganligi haqida xabar bergan voyaga yetmagan shaxs Sarqand shahri fuqarosi ekanligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, terrorizm akti haqida yolg‘on xabar berish fakti bo‘yicha sudgacha surishtiruv davomida tergov tomonidan qo‘ng‘iroq qilganning harakatlariga huquqiy baho beriladi va uning aybdorlik darajasi aniqlanadi.
Avvalroq, 24-aprel kuni anonim qo‘ng‘iroq tufayli politsiya Olmaota metrosidagi barcha stansiyalarni tekshirganligi haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)