Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Armanistonning Gyumri shahrida o‘ldirilgan rossiyalik harbiy xizmatchi Dmitriy Yalpayev, travmatik gemorragik shok tufayli halok bo‘lgan. Bu haqda Armaniston tergov qo‘mitasi rahbarining maslahatchisi Sona Truzyan ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Maslahatchi 23-aprel kuni o‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga tayanib, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy askar boshi va bo‘ynidan jarohat olganini ma’lum qildi.

23-aprel kuni Rossiyaning Janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-aprel kechasi Gyumri shahridagi Rossiyaning 102-harbiy bazasi yaqinida Dmitriy Yalpayevga suiqasd uyushtirilgan. Pichoq orqali yetkazilgan jarohat sabab askar voqea joyida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik ichki zo‘ravonlik tufayli sodir bo‘lgan. Qotillikda gumonlanayotgan shaxs arman politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)