Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimidagi 100-kunda Oq Uy muxbirlari assotsiatsiyasining an’anaviy ziyofatida ishtirok etish niyatida emas. Bu haqda uning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Kelgusi shanbada Pensilvaniyada katta yig‘ilish o‘tkazaman. Buni sabrsizlik bilan kutyapman!” — degan yozuv qoldirgan Tramp o‘z sahifasida.

Prezident tarafdorlari tadbiri Garrisberg shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan haftada Tramp davlat rahbarligi lavozimidagi 100 kun sanasi “kulgili rasmiyatchilik” ekanligini ma’lum qilgandi.

AQSh prezidenti fevral oyida assotsiatsiyaning 29-aprelga rejalashtirilgan qabulida ishtirok etmasligini bildirgandi. O‘shanda Tramp buni jurnalistlarning aksariyati u haqda noto‘g‘ri ma’lumotlar chop etayotganini hazm qilolmasligi bilan izohlagan.

Tramp Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi taklifini qabul qilmagan 36 yil davomidagi birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi