Kanada harbiy-havo kuchlari qiruvchilari 2015-yildan beri ilk bor joriy yilning 20-aprel kuni Rossiyaning ikki strategik bombardimonchi samolyoti Tu-95 ga (“Ayiq”) hamrohlik qilish uchun samoga ko‘tarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kanada Qirollik harbiy-havo kuchlarining CF-18 Hornet qiruvchi-bombardimonchilari Rossiya samolyotlarini Kanadaning shimoliy sohillari havosida tutib oldi.
Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaasining Amerika-Kanada birlashgan qo‘mondonligi vakili mayor Jennifer Stadnik Rossiyaning “Ayiq”lariga hamrohlik qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlarining F-22 qiruvchilari ham uchirilganini ma’lum qildi. Ushbu qiruvchilarning bazasi Alyaska chegaralarida joylashgan.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan haftada Rossiya harbiy samolyotlari AQSh yoki Kanada havo sathiga to‘rt marotaba yaqinlashgan.
Izoh (0)