Germaniya poytaxti Berlin 2016-yilda mamlakatning eng xavfli shahri bo‘ldi. Bu haqda Welt nashri politsiyaning kriminal statistika bo‘yicha hisobotiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
O‘tgan yili Berlinda har 100 ming kishiga 16161 jinoyat to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Berlin oxirgi yillar yetakchisi — Frankfurt-Mayndan o‘zib ketdi. 2016-yilda u to‘rtinchi o‘rinni egalladi — u yerda har 100 ming kishiga 15671 jinoyat to‘g‘ri keldi.
GFRning eng kriminal shaharlari uchligiga, Berlindan tashqari, Leypsig (15811) va Gannover (15764) kirdi.
Eng xavfsiz shahar deb esa Bavariya poytaxti Myunxen topildi. Bu yerda har 100 ming kishiga 7909 jinoyat to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)