2018-yil bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash raundiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Dilshod Nuraliyev murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saralashning “A” guruhidan joy oldi. Bunda ularga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanka mamlakatlari raqiblik qiladi.
O‘smirlar terma jamoasi saralash raundini shu yilning 16-sentabr kuni boshlaydi.
Aleksandr Mochinov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa final bosqichiga yo‘l olish uchun “B” guruhi dovonidan o‘tib olishi kerak. Bunda ular Tojikiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv orollari bilan to‘qnash keladi.
Yoshlar terma jamoasi saralash raundini shu yilning 31-oktabr kuni boshlaydi.
Izoh (0)