6-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani 196-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ygan. Bu haqda Uz24 xabar qilmoqda.
Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, 2001-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ruhiy kasal edi. Unda autizm kasalligiga moyillik bo‘lgani aytiladi. Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, marhum 196-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanida 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabda tahsil olgan. Uning imkoniyati cheklangan bolalar maktabidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qanday qilib o‘tib qolgani hozircha noma’lum. Prokurorning ta’kidlashicha, o‘quvchi doimiy ravishda maktab psixologi nazoratida bo‘lgan.
Izoh (0)