O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘z iste’mol kreditlarini taklif etadi.
– Kreditning eng yuqori miqdori – eng kam ish haqining 300 barobari miqdorigacha (hozirgi kunda 44 932 500 so‘m);
– Kredit muddati – 5 yilgacha;
Kredit quyidagi maqsadlarga beriladi:
– Uy jihozlari xaridi uchun (barcha turdagi mebellar, gilamlar, vanna, rakovina, parda va boshqalar);
– Uy-ro‘zg‘or buyumlari xaridi uchun (idish tovoq, suvenir, xrustal, lyustralar va boshqalar uchun);
– Maishiy texnika xaridi uchun (telefon, kompyuter, televizor, gaz plita, muzlatkich, konditsioner, duxovka va boshqalar);
– Davolanish xizmatlari to‘lovlarini amalga oshirish uchun (davolanish, tish qo‘yish operatsiyalari, plastik jarrohlik operatsiyalari va boshqalar uchun);
– Sayohat yoki sihatgoh yo‘llanmalarini sotib olish uchun (chet elga, O‘zbekiston ichida barcha turdagi sayohat yoki sihatgoh yo‘llanmalarini sotib olish uchun);
– Qurilish mahsulotlarini uchun (sement, shifer, bruschatka, gipsokarton, plastik va alyumin profillari, gips, alebastr, ohak, armatura, truba, kafel va boshqalar);
– Tayyor qurilish mahsulotlari uchun (temir darvoza, panjara, bruschatka plitalari, yog‘och, alyumin, plastikdan yasalgan eshik va romlar va boshqalar);
– Ko‘p qavatli xonadonlar va hovli joylarni ta’mirlash ishlari uchun;
– Xonadonlarga gaz, elektr, suv ulash xizmatlari uchun;
– To‘y marosimlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun (yubiley, tug‘ilgan kunlar va boshqa tadbirlar);
– Avtotransport vositalariga metan, propan gaz moslamalarini qo‘yish xizmat to‘lovlari uchun;
– Avtotransport vositalarini ta’mirlash xizmati to‘lovlari uchun;
– Zargarlik buyumlarini sotib olish uchun;
– Sport, fitnes anjomlarini sotib olish uchun;
– Maxsus o‘quv kurslarida o‘qish uchun (hamshiralik, haydovchilik, muqobil xizmat to‘lovlariga, kelinlikka tayyorlash, chevarlik, til o‘rganish kurslari va boshqalar);
– Tibbiyot aravachalari va boshqa sog‘liqni tiklash anjomlari sotib olish uchun;
– Qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun.
Kredit ta’minotining quyidagi turlari qabul qilinadi:
– Mol-mulk garovi, shuningdek, kredit hisobiga sotib olinadigan mol-mulklar;
– Pul mablag‘lari va unga doir huquqlar;
– Uchinchi shaxs kafilligi;
– Qonunchilikda belgilangan boshqa ta’minot turlari.
Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar:
– Kredit olish uchun ariza;
– Pasport yoki shaxs va turar joyni tasdiqlaydigan boshqa hujjat;
– Ish joyidan olingan daromadni tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, ma’lumotnoma yoki olingan daromad yoki mablag‘larni hujjatlashtirilgan asosda tasdiqlaydigan hujjat;
– Kreditni qaytarilishini ta’minlaydigan hujjatlar;
– Tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni (0 371) 150-70-94 telefoni orqali yoki Bankning istalgan bo‘lim/filialidan olishingiz mumkin.
Veb-sayt: www.nbu.uz
Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)