Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilov Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkning ma’lum qilishicha, Sankt-Peterburg Smolninsk tuman sudi Akbarjonning otasi Akram Jalilov Rossiya fuqaroligiga kirish paytida yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganini aniqlagan.
Shunday qilib, Akram Jalilovga fuqarolik taqdim etilishi to‘g‘risidagi qarorning bekor qilinishi avtomatik tarzda uning o‘g‘li Akbarjonni ham fuqarolikdan mahrum qildi.
Izoh (0)