Fransiyaning “Monako” klubi Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘llanma oldi.
Chorak finalning birinchi o‘yinida klub Dortmundda “Borussiya”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi. Tomonlarning Monakodagi o‘yinida ham fransiyaliklarning qo‘li baland keldi — 3:1.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra dortmundliklardan 6:3 hisobida ustun kelgan “Monako” Chempionlar ligasining so‘nggi yarim finalchisi bo‘ldi. Bunga qadar klub Angliyaning “Manchester Siti”siga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lib, har ikki o‘yinda ham “shaharliklar” postiga 3 martadan yo‘l topgandi.
Yevropa Chempionlar ligasi Chorak final 19-aprel, chorshanba
Izoh (0)