Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida istiqomat qiluvchi keksa erkak qishlog‘ini suv bilan ta’minlash maqsadida tog‘ yonbag‘ridan 9400 metrli kanal qazib ochdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, kanal qazish g‘oyasi unda o‘tgan asrning 50-yillarida tug‘ilgan bo‘lib, bir necha yil davom etgan ishlarda unga 300 ga yaqin yordamchilari ko‘mak bergan.
Ushbu qoloq mintaqa ahli uzoq yillar mobaynida o‘z suv manbaiga ega bo‘lishni orzu qilib kelgandi, va endilikda bu orzu ushaldi, deb ma’lum qiladi Xinhua.
Izoh (0)