Olimlar o‘z ixtirolari bilan hayratga solishda davom etmoqda. Bunday ajoyib kashfiyotlarni shu zahoti xarid qilish istagi paydo bo‘ladi.
AdMe sotuvga allaqachon chiqqan yoki yaqin vaqt ichida sotuvga chiqishi kutilayotgan 13 ta antiqa ixtironi e’tiboringizga havola etadi.
Havoda muallaq turuvchi lampa
Flyte — bu simsiz lampochka bo‘lib, magnit o‘rnatilgan kichikroq yog‘och asos ustida muallaq turadi. Energiya tejovchi bunday lampalar allaqachon qo‘llanmoqda. Kuniga olti soat ishlatilganda bunday lampa 22 yil xizmat qila oladi.
Ichki isitish tizimiga ega “aqlli” kurtka
Flexwarm kurtkasi matosining yelka, ko‘krak va bilak qismiga o‘ziga xos isitish elementlari joylashtirilgan. Maxsus datchiklar yordamida issiqlik uzatilishini xohishingizga qarab boshqarishingiz mumkin.
Yuzalar sterilizatori
Kitchen Sanitizing Wand qurilmasi ultrabinafsha nurlanish yordamida istalgan qattiq, g‘ovak bo‘lmagan yuzadan zararli bakteriya va mikroorganizmlarni 99 foizgacha yo‘q qiladi. Ushbu g‘oya allaqachon hayotga tatbiq etilgan.
Flip Phone
Bitta mobil telefondagi o‘zaro bog‘langan uchta ekran bir vaqtning o‘zida turli dasturlardan foydalanilganda ham turli rejimlarda ishlay oladi. Foydalanuvchilar loyiha tezroq ishlab chiqarishga joriy etilishini orzu qilmoqda.
Pilot tarjimon-simsiz naushniklar
Bu kichkinagina naushnikni quloqqa qo‘yishingiz bilan u shu zahoti tanlangan tildan avtomatik tarjima qilishni boshlaydi. Tarjima tarmoqqa ulanishsiz amalga oshiriladi. Uning yordamida bugunoq yanada oson va qiziqarli sayohatga yo‘l olish mumkin.
Rolik va skeytbord
Odatiy skeytbordlardan farqli ravishda Sidewinding Circular Skates oyoqlarni erkin boshqarish, qayrilish va aylanish imkonini beradi. Skeyt asosi diametri 25 santimetr bo‘lgan ikki g‘ildirak va oyoqlar uchun qulay platformadan iborat.
Port — quyosh batareyalarida ishlovchi zaryad qurilmasi
Port — qulay tashqi akkumulyator bo‘lib, telefonni quyosh energiyasi yordamida quvvatlantiradi. Uni uy, mashina yoki samolyotdagi istalgan oynaga qotirib qo‘yish kifoya.
Bitta qurilmada telefon va Bluetooth-garnitura
Va niyohat Bluetooth va mobil telefonni bitta qurilmaga birlashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Telefonni yon tomonlaridan qisganingizda o‘rtadan naushnik chiqadi. Cambala nomini olgan loyiha hozircha faqat g‘oya.
Taom tarkibini aniqlovchi skaner
Taom tarkibini tez va aniq aniqlashni istovchilar uchun TellSpec qurilmasi yaratildi va ishlab chiqildi. U mahsulotlarni skanerlab, uning tarkibidagi masalliqlar ro‘yxati va ozuqaviy qiymati haqidagi ma’lumotni smartfondagi maxsus dasturga yuboradi.
Nihoyatda egiluvchan smartfon
Portal — bu superegiluvchan smartfon bo‘lib, u tushirib yuborishlardan qo‘rqmaydi va o‘n metr chuqurlikkacha suvga tushirilishi mumkin. U osonlik bilan gadjetga aylanib, qo‘lga taqilishi va fitnes-treker yoki aqlli soat vazifasini bajarishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar qurilmani yaqin vaqt ichida bozorga chiqarishga va’da bermoqda.
Copy & Paste nusxa olish apparati
Copy & Paste istalgan narsa va istalgan joydan tasvirlarni o‘qish va ko‘chirish imkonini beradi. Buning uchun tugmani bosib, obyektni skanerlash kifoya. Shundan so‘ng tasvirni siyoh yordamida istalgan yuzaga ko‘chirish mumkin.
Ob-havoni yaqqol ko‘rsatib beruvchi telefon
Window Phone ob-havoni juda yaqqol va realistik ko‘rsata oladi, buning uchun u shunchaki ekran tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. G‘oya amalga oshirilishini kutish qoldi, xolos.
Istalgan joyda yozish mumkin bo‘lgan elektron sensorli ruchka
Phree ruchkasi bilan istalgan joyda istalgan narsani yozish mumkin. Biror yuzaga tushirilgan belgilar smartfon yoki kompyuterga yuboriladi. Biror narsani yozib olishingiz kerak, biroq qo‘l ostingizda telefon ham, qog‘oz ham bo‘lmagan paytda juda asqotadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)