Avstraliya TIV rahbari Juli Bishop KXDR yadro dasturi Avstraliya uchun jiddiy tahdid ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreya tomonidan hududga va butun dunyoga tahdid jiddiy o‘sdi. Keskinlikning har qanday o‘sishi Pxenyanning provokatsion harakati tufayli kelib chiqadi”, — deya ta’kidladi Avstraliya vaziri.
“Shimoliy Koreya o‘z ixtiyorida yadro quroliga ega bo‘lishga intilmoqda. Ishonchimiz komilki, Kim Chen In yadro yukini Qo‘shma Shtatlar hududiga qadar yetkazishga qodir bo‘lgan qit’alararo ballistik raketani yaratishga oshkora intilmoqda. Bu esa uning Avstraliyaga ham yetishi mumkinligini anglatadi”, — deydi Bishop.
“Voqealarning bu taxlit rivojlanishi oldini olmasak, hududimiz xavfsizligi va barqarorligi uchun jiddiy tahdid yuzaga keladi. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi Avstraliya TIV rahbari.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)