Eron prezidentligi saylovida qatnashish uchun 1636 kishi ariza topshirdi. Saylovda ishtirok etish uchun nomzodlarni ilgari surish jarayoni 15-aprel kuni yakunlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, nomzodlarning 137 nafari ayol kishi. Ta’kidlash joiz, avvalgi saylovlarda Kuzatuv kengashi ayollarning saylovda qatnashishiga ruxsat bermas edi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda saylov kampaniyasi 28-aprel kuni boshlanadi. Saylovning o‘zi esa 19-mayda o‘tkazilishi belgilangan.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etuvchi ushbu saylovda uning asosiy raqibi 56 yoshli Ibrohim Raisiy bo‘lishi kutilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)