Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero 15-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuqori martabali mehmon shu kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Jan-Mark Ero O‘zbekistonga tashrifi davomida mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev va O‘zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashadi.
Uchrashuvlar davomida muhim ahamiyatga ega mintaqaviy va xalqaro masalalar, xususan, terrorchilikka qarshi kurash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish kabilar muhokama qilinadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)