O‘lim Vodiysi, AQSh
Bu yerda sayyoradagi eng yuqori harorat qayd etilgan — +56,7 daraja. O‘lim Vodiysida bir kecha-kunduz suvsiz yashash o‘limga olib kelishi mumkin.Danakil cho‘li, Eritreya
Afrika qit’asidagi Efiopiya davlati shimolida Danakil deb nomlanuvchi cho‘l bor, uni Yerdagi do‘zax deb ham atashadi. Gap shundaki, bu yerda havo 50, ba’zan 60 darajagacha, yer esa 70 darajagacha qizib ketishi mumkin. Bundan tashqari, sahro hududida ko‘plab vulqonlar bo‘lib, ular vaqti-vaqti bilan oyoq ostidan qaynab chiqadi, shu tufayli, bu yerda qum ustida yurayotib, kuyib ketish hech gapmas. Vulqonlar hosil qilgan daralardan zaharli bug‘lar chiqadi, oltingugurt kislotasi va gazdan iborat ko‘llar ham mo‘l.
Danakilning Arab tektonik plitasi darz ketgan yerda joylashgani bularning barchasiga sababchidir. Bu yerda halok bo‘lish yoki gazlardan zaharlanib, sog‘liqni yo‘qotish turgan gap.Vashington tog‘i, AQSh
Sayyoradagi eng xavfli joylardan biri sifatida AQShning Nyu-Gemshir shtatidagi Vashington tog‘i tan olingan. Bu yerda 1934-yilda shamolning Yer yuzasidagi rekord darajali tezligi qayd etilgan — soatiga 372 kilometr! Bu yerda shamol yil bo‘yi kuniga o‘rtacha 16 soatdan esadi. Shiddatli shamol odamni yerga qulatishi mumkin. Bundan tashqari, bu joyning yana bir o‘ziga xosligi — havo harorati -40 darajagacha ham tushib ketishi mumkin.Sinabung vulqoni, Indoneziya
Indoneziyaning Sumatra orolidagi faol vulqon. Bu yerda vulqon otilishi juda tez-tez kuzatiladi, u yaqin oradagi qishloqlar va shaharlarning minglab aholisini boshpanasiz qoldiradi.Keymada-Grandi, Ilon oroli, Braziliya
Atlantika okeanida joylashgan orol ilonlarga to‘lib-toshgan: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kvadrat metr maydonga bittadan beshtagacha sudralib yuruvchi to‘g‘ri keladi. Buning ustiga bu yerda eng xavfli ilonlardan biri — orol botropsi yashaydi. U juda qisqa vaqt ichida o‘ldirishga qodir, chunki uning zahri tananing tezlikda jonsizlanishiga olib keladi.
Ilonlarni orolning hamma joyida uchratish mumkin: ular yerda o‘rmalaydi, daraxt shoxlarida osilib yotadi yoki butalar soyasiga yashirinadi. Ular asosan, hech narsadan gumon qilmay, daraxt shoxiga qo‘nadigan qushlar bilan oziqlanadi.Madidi milliy bog‘i, Boliviya
Ko‘rinishidan juda manzarali joy, ammo bog‘dagi har qanday o‘simlik yoki hasharotga tegib ketish natijasida qichishish, toshma va sog‘liqning yomonlashishi kelib chiqishi mumkin.O‘lim vodiysi, Kamchatka, Rossiya
Bu yerda zaharli gazlarning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo‘lib, u barcha tirik jonzotlarni xavf ostida qoldiradi.Bikini atolli, Marshall orollari
AQSh ushbu hududda atom quroli sinovlarini o‘tkazgani tufayli, bu yerda radiatsiya darajasi anomal tarzda yuqori. Atollda uzoq vaqt qolish natijasida onkologik kasalliklarni orttirish xavfi yuzaga keladi.Chonburidagi “Fillar qirolligi”, Tailand
Bu yerdagi timsoh fermasi xo‘jayini yarim yopiq solni ijaraga beradi, u yerda turib, sayyohlar timsohlarni tomosha qilishi va ularga ozuqa tashlashi mumkin.Afar havzasi, Efiopiya
Afar tumanida joylashgan Erta Ale vulqoni — sayyoradagi eng notinch joylardan biri. Yer doimiy ravishda harakatlanadi, jarliklar esa ishonib bo‘lmas tezlik bilan hosil bo‘ladi.
Izoh (0)