O‘zbekiston madaniyat vaziri Mahmud Muratov 12-aprel kuni Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhamediuli bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama madaniy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi.
“22—23-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki davlat munosabatlarini, xususan, madaniy – gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, uchrashuvda Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev ham qatnashgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)