Rossiya radioelektron kurashish bo‘linmasi mutaxassislarining Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasi o‘quv mashg‘ulotlari davomida shartli dushmanni aniqladi va aloqa vositalarini o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Radioelektron kurashish bo‘linmasi harbiy xizmatchilari dala sharoitida radioelektron kurashish vositalarini kengaytirish, radioelektron nurlanish manbalarini pelengator yordamida aniqlash va “Tigr-M” zirhli avtomobili bazasidagi “Leer-2” yangi kompleksidan foydalanib, “dushman” aloqalariga to‘sqinlik qilish bo‘yicha bir qator maxsus topshiriqlarni bajardi.Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida “Infauna” kompleksi yordamida avtomobil kolonnasi va zirhli texnikalarni himoya qilish masalalari ishlab chiqildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Izoh (0)