Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp faoliyatining qo‘llab-quvvatlanish reytingi Suriyadagi aviabazaga zarba berishga qaror qilganidan so‘ng keskin ko‘tarildi. CBS News telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Gallup agentligiga ko‘ra, mart oyi oxirida AQSh prezidenti faoliyatidan qoniqish bildirganlar ulushi 35 foizni tashkil etgandi. Hozirda esa uni so‘ralganlarning 43 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

CBS News so‘rovi 7—9 aprel kunlari o‘tkazildi. Unda mingdan ortiq respondent qatnashdi.

Huffington Post nashri va YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalari amerikaliklarning yarmidan ortig‘i — 51 foizi Trampning Suriyaga zarba berish haqidagi qarorini yoqlashini ko‘rsatdi.

CBS News so‘rovi esa prezidentning mazkur qarorini respondentlarning 57 foizi yoqlashini ko‘rsatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda