AQSh Suriya aviabazasiga bergan raketali zarba natijasida Suriya hukumat armiyasi harbiy aviatsiyasining 20 foizi, shuningdek, yoqilg‘i, o‘q-dori va havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari omborlari zarar ko‘rgan yoki to‘liq yo‘q qilingan. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Suriya hukumati Shayrat aerodromida samolyotlarga yoqilg‘i quyish yoki ularni qayta qurollantirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi, va ayni paytda uchish-qo‘nish yo‘lagidan foydalanish harbiy manfaatlardan xoli”, — dedi Pentagon rahbari.
Izoh (0)