Facebook’ka investitsiya kiritgan va haligacha Uber Technologies’da ulushga ega bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov o‘z davlatining asosini jamg‘arib olgan xomashyo tarmog‘iga qaytmoqda, deb yozadi Forbes.
Biznesmen ma’lum qilishicha, u tabiiy resurslar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga sarmoya kiritgan, chunki ular uch yillik pasayishdan so‘ng, o‘tgan yili yana o‘sishni qayta boshlagan. Buni obyektiv ma’lumotlar ham tasdiqlaydi: Bloomberg World Mining Index 2016-yilda Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshilanishi va metallar narxi oshishi fonida 38 foizga ko‘tarildi.
“O‘tgan yil shuni ko‘rsatdiki, BHP Billiton, Fortescue kabi xomashyo kompaniyalari va neft-gaz sektorining an’anaviy kompaniyalari investitsiyalarning yuqori daromadliligini taklif qilishi mumkin”, — dedi Usmonov. U o‘z mablag‘larini kiritgan kompaniyalarni aniq aytmadi.
Usmonov ishonch bildirishicha, uning texnologiyalar va onlayn-biznesdagi joriy hissalari daromad keltirsa-da, u ushbu sohaga boshqa investitsiya kiritmoqchi emas. Besh-yetti yil oldin sotib olingan ulushlarini biznesmen saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Ammo qator texnologik kompaniyalarda tadbirkor keshga chiqib, o‘z paketlarini qisqartirish niyatida.
“Ushbu sektordagi ko‘pchilik aktivlarning qiymati ortiqcha qizib ketgan”, — degan fikrda milliarder.
Izoh (0)