Italiya A seriyasida 31-tur o‘yinlari yakunlandi.
Peshqadam “Yuventus” navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ketma-ket oltinchi chempionlik uchun qadam tashladi.
Turin klubini ta’qib qilib kelayotgan ikki jamoa yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. “Napoli” markaziy o‘yinda “Latsio”ga imkoniyat qoldirmadi. “Roma” esa Genuyada 3 ochkolik bo‘ldi.
“Milan” mazkur turda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi va hamshahri “Inter”dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Boisi “Inter” bu turda ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoaga imkoniyatni boy berdi.
Yaqindagina Italiyaning “Kalyari” klubi bilan shartnoma imzolagan Shimoliy koreyalik Xan Son Kvan “Torino”ga qarshi o‘yinning 81-daqiqasida maydonga tushdi va gol urdi. 18 yoshli futbolchi uchun bu kuchli beshlikdagi birinchi aniq zarba bo‘lib tarixga kirdi.
Italiya A seriyasi 31-tur o‘yinlari 8-aprel, shanba
“Yuventus” — “Kyevo” 2:0
Gollar: Gonsalo Iguain, 23 (1:0). Gonsalo Iguain, 84 (2:0).“Atalanta” — “Sassuolo” 1:1
Gollar: Lorentso Pellegrini, 36 (0:1). Brayan Kristante, 73 (1:1).9-aprel, yakshanba