Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Donald Tramp ma’muriyati “Boko Haram” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashish maqsadida Nigeriyaga umumiy qiymati 600 million dollar bo‘lgan 12 ta A-29 Super Tucano turbovintli shturmchi samolyotlarini sotmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Nigeriyaga A-29 Super Tucano samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2016-yilda, Barak Obama ma’muriyati tomonidan tayyorlangan. Biroq u Nigeriyada inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani sabab, amalga oshmay qolgan edi.

So‘nggi yillarda Nigeriya hukumati harbiy aviatsiyani qo‘llagan holda jangovar operatsiyalar o‘tkazish vaqtida tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lishda bir necha bor ayblangan edi. Qochoqlar lageri bombardimoni bilan tugagan oxirgi shunday hodisa oqibatida kamida 230 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...