AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlarining Suriyaning Raqqa shahri yaqinidagi aholi yashash punktiga bergan aviazarbalari natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, aviazarbalar Raqqa shahridan g‘arbroqda joylashgan Xuneyda aholi yashash punktiga berilgan. Jabrlanganlar va talafotlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Raqqa shahri IShID terrorchilik tashkilotining Suriyadagi norasmiy poytaxti sanaladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)