O‘zbekistonlik yetti nafar bokschi Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Qirol kubogi—2017 musobaqasiga jo‘nab ketgani va ularning barchasi saralash bosqichida zafar quchishning uddasidan chiqa olgani haqida xabar qilgandi.
Ahamiyatli tomoni, ularning birortasi ham raqibiga imkoniyat qoldirmay, har uchala hakam e’tirofiga sazovor bo‘lgan. “Sports.uz” Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov va Isroil Madrimovning Tailanddagi janglaridan olingan videolavhalarni taqdim qildi.
-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov — Palam Karlo (Filippin) 3:0
-52 kilogramm: Jasur Latipov — Kritipak Duangnut (Tailand) 3:0
-75 kilogramm: Isroil Madrimov — Kan Chia Vey (Xitoy Taypeyi) 3:0
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)