Iroq armiyasi Mosulni IShID terrorchilik guruhidan ozod etish bo‘yicha operatsiyani boshlagandan buyon shaharning g‘arbiy qismida 400 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etdi. Bu haqda Mosul ma’muriyati rahbari Husayn Xajim ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Shahar rahbarining so‘zlariga qaraganda, shaharning g‘arbiy qismidan qochoqlar lagerlariga yo‘l olgan odamlar soni hozirgi paytga kelib 153 ming nafarga yetgan. 250 ming nafari esa g‘arbiy sohildan sharqiy sohilga o‘tib olgan. Shunday qilib, hozirda 400 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tark etgan.
Iroq harbiylari va AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyasi 2016-yilning oktabrida boshlangan edi. Operatsiya davomida shaharning sharqiy qismi ozod etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)