Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimiga Polat Aytmuratov Jarimbetovich tayinlandi, deb yozadi “KRuz.uz”.
Polat Aytmuratov bungacha Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Faoliyati tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida Aytniyazov Maxmud Bayniyazovich vazir lavozimida faoliyat yuritgan edi.
Avvalroq Bayniyazov G‘ayratbay Xojanovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani haqida ma’lum qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!