Nyu-York markazidagi vokzallardan birida shahar tashqarisiga yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi. Bu haqda temiryo‘l transportining mahalliy operatori bo‘lgan New Jersey Transit kompaniyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Shahar yong‘in boshqarmasi axborotiga ko‘ra, hodisa natijasida kamida ikki kishi jarohat olgan. Ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Mazkur hodisa tufayli poyezdlar harakatida kechikishlar yuzaga keldi.
Ayni damda Manxetten markazidagi Pensilvaniya vokzalida sodir bo‘lgan ushbu temiryo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida ham aynan shu vokzalda Amtrak kompaniyasining yo‘lovchi poyezdi o‘z izidan chiqib ketgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)