Xitoyning aerokosmik ilm-fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) orbitaga 156 ta mini-sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruhni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Ular ma’lumotlar uzatish keng polosali tarmog‘i ishini ancha yengillashtiradi. Bu haqda 31-mart, juma kuni tashkilotdagi manbasiga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kosmik qurilmalar Yer yuzasidan ming kilometr balandlikda bo‘ladi va havo hududini tijorat maqsadlarida o‘zlashtirishning yangi bosqichi bo‘lishi kutilmoqda.
“Bu eng muhim sun’iy yo‘ldosh platformasi bo‘ladi”, — deya ta’kidladi CASIC muhandisi Bey Chao.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, bir vaqtning o‘zida texnologiyalarni mukammallashtirish va orbital kosmik qurilmalar amal qilish spektrini kengaytirish ustida ish olib boriladi.
Xitoy kosmik qurilmalarni uchirish texnologiyalarini doimiy mukammallashtira borib, sun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha milliy dasturini faol rivojlantirmoqda.
Izoh (0)