“Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan “Obod”ga qarshi 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yindan so‘ng jurnalistlar savoliga javob qaytardi, deb yozdi “Championat.asia”.
Lushchan jamoa futbolchilari avvalgi holatidan chiqib keta olmayotgani va o‘sha eski qarashlarda qolayotgani borasidagi savolga javob qaytardi.
Ularda hali o‘tmishning o‘zi yo‘q! Bu futbolchilar hozir ham muvaffaqiyatga erishib ulgurmagan.Menga tajribami, intelektmi yoki qattiqqo‘llikmi yetishmayapti. Men tayoq olib ularni urishim kerakmi endi? Ahir men ularning otasi ham, onasi ham emasman va bu ishni qilmayman.
Futbolchilarni futbol o‘ynashga majbur etolmayman. Ularning o‘zi bu kasbni tanlagan. Men endi ularni asosiy tarkibdan shunchaki olib tashlayman. Bu ishni futbol o‘ynashni xohlamay qolgan futbolchilarga nisbatan avval ham qo‘llagandim. Endi qolganlar bilan ham shu ishni takrorlashimga to‘g‘ri keladi, shekilli. Hech kim bu ishni qilmasligimga ko‘ndira olmaydi. Men uchun jamoada avtoritetlar yo‘q, xoh u terma jamoa a’zosi bo‘lsin, xoh boshqa.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Mavzuga yaqin: “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan xorijdan 5 ta taklif borligi uchun ham iste’fo berishdan qo‘rqmasligini aytdi
Futbolchilarda bir muammo bor, bu uch yildan buyon davom etib keladi. Jamoamizdan 7-9 nafar futbolchi terma jamoaga ketadi va qaytib kelgach, ularni butunlay tanib bo‘lmaydi, umuman boshqa insonlarga aylanib qoladi.Hozir ham kiyinish xonasida shu masalani o‘rtaga tashladik. Negadir futbolchilar termadan taklif olganidan keyin o‘zini katta futbolchidek tutadi. Men bir narsani tushunmayman, termaga ketib, unda o‘zini ko‘rsatgan futbolchining klubga qaytib, futbol o‘ynagisi kelmay qoladi yoki yugurishni istamaydi. Ular terma jamoa a’zosiga aylanib bo‘lgach, hamma narsaga erishdim deb o‘ylaydimi?!
Ularning xayolida men hozir maydonda tushaman-u, natija ko‘rsataman degan fikr yuradi. Biz nima ham qilardik, shunday holat ro‘y bermoqda...
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Mavzuga yaqin: Sergey Lushchan: Shomurodov, Hamdamov va Shukurov hali futbolchi emas. Ularni qanday qilib yulduz qilib yuborishdi?
Uncha yaxshi tushunmasam ham, kam foydalansam ham — kuni kecha internet tarmog‘ini aylanib, bir qator maqolalar va roliklarga ko‘zim tushdi. Ba’zi dangasa jurnalistlar Shomurodov, Hamdamov, Shukurov singari hali erkak sifatida shakllanmagan 20 yoshli yigitlardan salkam jahon miqiyosidagi Messini yasab qo‘yishgan. Bu esa muammo. Ular bu narsalarni to‘g‘ri qabul qila olmaydi. Bu ruhiyat bilan bog‘liq. Ular bunga hali tayyor emas.Yosh futbolchi maqtovni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganishi lozim. Har holda ular o‘smir yoshida emaslar, biroz ulg‘ayishgan.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Mavzuga yaqin: Sergey Lushchan: Bizda endi Mirjalol Qosimov yo‘q. Jeparovning maoshi esa butun bir klubnikiga teng
Bunda balki mening ham aybim bordir. Ularga shu narsalarni tushuntirishga, miyasiga qo‘yishga harakat qilyapman. Balki keragidan ortiq e’tibor ularga yomon ta’sir ko‘rsatayotgandir. Chunki men bugun maydonda na Ashurmatovni va na Shukurovni ko‘rdim. Hamdamov nimanidir ko‘rsatishga intildi. Shomurodovni tushunaman, uni bugun maydonga tushirishni rejalashtirmagandik. Chunki kuni kecha to‘liq o‘yin o‘tkazgandi. Akrom Komilov ham terma jamoadan ancha toliqqan holda qaytdi.Bugun yoshlar jamoamizni maydonga tushirishimiz mumkin edi. Ular mag‘lubiyatga uchraganda ham, maydonda borini berib harakat qilardi, bunga ishonaman. Afsuski, bu ishni qilolmayman, chunki oldimizda chempionat turibdi va besh kundan keyin navbatdagi tur. Endi o‘yindan-o‘yinga bu holatdan chiqib ketishga intilamiz.
Ha, bugun “Obod” g‘alabaga loyiq o‘ynadi. Maydonda faqat ular futbol o‘ynadi. Bugun “Bunyodkor” maydonda yo‘q edi. Agar oxirgi 10-15 daqiqani inobatga olmaganda, o‘yinimiz umuman o‘xshamadi.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Izoh (0)