“Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazida 28-mart kuni Lufian moda butigi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu turk brendining O‘zbekistondagi ilk flagman do‘konidir.
Toshkentda Lufian’ning rasmiy franshizasini ochish g‘oyasi Abror Akobirov va Jahongir Narzullayevga tegishli. Ikki yil avval ular bolalar ortopedik poyabzallarini ishlab chiqaruvchi Vicco brendini O‘zbekiston bozoriga olib kirgan edi. Ularning bugungi maqsadi — erkaklar uchun sifatli, so‘nggi uslubdagi va qulay kiyimlarni taklif etishdir.
Lufian — Turkiyadagi erkaklar modasi o‘rnatuvchisi
Lufian brendi — bu original dizaynerlik g‘oyalari, yuqori sifatli tikish va hamyonbop narxlarning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Kompaniya xalqaro bo‘lib, uning franchayzing do‘konlari tarmog‘i Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 18 dan ziyod mamlakatni qamrab olgan.
Lufian moda olamining Yves Saint Laurent va Hugo Boss kabi yirik vakillari bilan birga ishlash sharafiga musharraf bo‘lgan kamsonli turk brendlaridan biridir. Bu hamkorlik behuda ketmagan: turk dizaynerlari erkaklar libosi uchun o‘ziga xos uslubni topishga erishgan.
Lufian liboslari Turkiyaning boshqa brendlaridan sezilarli farq qiladi. Ularni tikish uchun Ispaniya va Italiyaning sifatli matolaridan foydalaniladi. Choklar texnologik mashinalarda qayta tikiladi. Shu sababli ham tayyor mahsulot juda pishiq bo‘ladi.
Lufian brendi bugungi kunda Smart Casual va Luxury Smart Casual yo‘nalishlarini faol targ‘ib qilmoqda. Bu noodatiy uslub qulaylik va xushbichimlikni uyg‘unlashtirgan. Uslub ommalashmoqda, uni oddiy kiyinishni, lekin shu bilan birga bashanglikni saqlab qolishni istagan erkaklar tanlamoqda.
Antikvar gilamlar va aksessuarlar
Toshkentdagi Lufian butigi brend konsepsiyasini o‘zida to‘la mujassam qilgan. Uning interyerida oddiylik va ixchamlik hukmronlik qiladi. Antiqa gilamlar va aksessuarlar esa o‘ziga xos ruhni uyg‘otadi. Ularning bari xorijdan olib kelingan.
Liboslarning joylashtirilishi ham e’tiborga molik. Butikning savdo maydoni zonalarga bo‘lingan. Har bir zonada ma’lum bir kolleksiyaga mansub liboslar sotuvga qo‘yilgan. Bu esa tanlovni birmuncha osonlashtiradi. Xaridor liboslarning katta assortimenti orasida xafsalasi pir bo‘lmay, o‘ziga ma’qul narsani topa oladi.
Vazmin ranglar va biroz yorqin bo‘yoqlar
Toshkentdagi Lufian butigi uchun kolleksiyalar alohida e’tibor va mahalliy xaridor talab-istaklaridan kelib chiqqan holda tanlangan. U uchta yo‘nalishga bo‘lingan:
- Easy — bu casual uslubidagi qulay liboslar. U yorqin obrazlardan foydalanishga qo‘rqmaydigan faol erkaklarga mo‘ljallangan.
- Black & Grey — bu qoramtir ranglardagi liboslar bo‘lib, u ko‘proq vazminlikni ko‘rsatish, ayni vaqtda xushbichim ko‘rinishni istaganlarga qo‘l keladi.
- Basic — bu ranglarida keskinlik bo‘lmagan asosiy liboslar. Masalan, Basic futbolkalari va pololari Black & Grey yoki Easy’ning shimlari, puloverlari va yengil kurtkalari bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.
Lufian’ning poyabzallar assortimenti esa noodatiy Brandy, Cognac, Tabacco va Grey ranglari bilan ko‘zni quvontiradi. Oyoq kiyimlariga Painted by Hand texnologiyasi asosida — qo‘lda rang beriladi.
O‘zbekiston bozorida charaqlab nur sochish yo‘lida dastlabki qadam tashlandi, endi brendni kuzatib, yanada yaxshiroq yangiliklarni kutish qoldi, xolos!
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)