JCh—2018 saralashida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zi joy olgan guruhdagi uchinchi o‘rnini saqlab qoldi. Bu yo‘lda Samvel Babayan jamoasi Qatar ustidan minimal hisobda zafar quchdi.
28-mart kuni bo‘lib o‘tgan qolgan ikki bellashuvda ham shu hisoblar qayd etildi. Eron xitoyliklar darvozasiga, Janubiy Koreya esa Suriya postiga 1 ta gol urdi.
“A” guruhi o‘yinlariga e’tibor berilsa, ortda qolgan 21 ta bellashuvdan 12 tasida 1:0 hisobi qayd etilgan (yarmidan ko‘proq). Bu borada Samvel Babayan jamoasining hissasi eng ko‘p. O‘zbekistonliklar 5 ta o‘yinda shunday hisobga rozi bo‘lgan, Eronda esa bu ko‘rsatkich 4 tani tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, navbatdagi turda aynan Eron va O‘zbekiston termalari Tehronda to‘qnash keladi. Iyun oyida bo‘lib o‘tadigan o‘sha uchrashuvdagi g‘alaba Karlush Keyrush jamoasiga JCh—2018 chiptasini taqdim etadi. Qayd etish kerak, forslar hozirga qadar 5 ta o‘yinda zafar quchib, umuman mag‘lub bo‘lmagan. Shuningdek, o‘z darvozasidan ham gol o‘tkazib yubormagan.
JCh—2018. Osiyo “A” guruhi. 7-tur 28-mart, seshanba
Izoh (0)