22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatiga tayyorlanish uchun Qatar poytaxti Dohada mashg‘ulot olib bormoqda.
O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha — 23-mart kuni Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan jamoa mezbon Qatar termasiga qarshi o‘yinda maydonga tushib, 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan. O‘yindagi barcha gollar “Olmaliq” a’zosi Zabihullo O‘rinboyev tomonidan urilgan.
Ma’lumot uchun, O‘rinboyev bir emas, uchta kichik mundialda ishtirok etgan futbolchi hisoblanadi. U faoliyatini “Bunyodkor”da boshlagan bo‘lib, keyinroq “Olmaliq” safiga qo‘yib yuborilgandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi Doha, Qatar 23-mart, payshanba
Qatar U22 — O‘zbekiston U22 1:3
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev, 1 (0:1). Zabihillo O‘rinboyev, 55 (0:2). Zabihillo O‘rinboyev, 60 (0:3).Yig‘in doirasida O‘zbekiston termasi 25-mart kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Izoh (0)