Irlandiyalik aktyor Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi. Bu haqda Variety nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U AQSh dengiz piyoda qo‘shini sobiq ofitseri Oliver Nort rolini ijro etadi.
Erongeyt Eron-kontras nomi bilan ham mashhur. Bu 1980-yillarning yirik siyosiy mojarosi bo‘lib, o‘shanda Amerika ma’muriyatining ba’zi a’zolari Eronga maxfiy ravishda qurol-yarog‘ yetkazib turganligi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tushgan mablag‘lar esa Nikaraguadagi kontras isyonchilarni moliyalashtirish uchun sarflangan.
Ushbu hodisalar motivi asosidagi serial Amazon onlayn-servisi uchun suratga olinadi. Loyihada, shuningdek, rejissor Yorgos Lantimos ishtirok etmoqda.
Yangi teleshouning nomi hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)