Avstraliyaning Pert shahrida ikki kundan 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun spa-markazi ochildi, deb yozadi Mashable.
Xabarda qayd etilishicha, shunga o‘xshash birinchi markaz Janubiy Afrika Respublikasida ochilgan. Avstraliyada esa 65 AQSh dollari evaziga chaqaloqlarga gidroterapiya va massaj seanslari taklif qilinadi.
Bolachalarga suvda muvozanat saqlashi uchun havo bilan to‘ldirilgan maxsus yostiqchalar beriladi.
Markaz direktori Kavita Kumarning so‘zlariga ko‘ra, suv muolajalari chaqaloqlarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Kavitaga markazni boshqarishda opasi Anita yordam beradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)