Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ta’mirlash ishlari olib boriladigan ko‘chalarni e’lon qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori doirasida tumanimizda Buyuk Ipak yo‘li va Mirzo Ulug'bek ko‘chalari oralig‘idagi Sh.Burhonov kuchasining kapital ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda”, — deyiladi hokimlikning Facebook sahifasiga joylangan xabarda.
Keyingi navbatda:
- Avayhon ko‘chasi;- Musavvirlar ko‘chasi;- Sayram 5-tor ko‘chasi;- Gulsanam ko‘chasi ta’mirlanadi.
Bundan tashqari, quyidagi ko‘chalarda qisman ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan:
- Gyote ko‘chasi;- Qalandar ko‘chasi;- Asaka ko‘chasi.
Shuningdek, rivojlantirish dasturiga 3 ta mahallalarning mavzelar oralig’idagi ko‘chalari va 5 ta mahallalarning ko‘chalarini qisman ta’mirlash ishlarini kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)