Bundesligada “Bavariya”ning chempionligiga shubha deyarli qolmadi. Klub “Real”ga qarshi tayyorlanaverishi mumkin
Germaniya Bundesligasining 25-turidan keyin Karlo Anchelotti murabbiylik qilayotgan “Bavariya” ta’qibchilaridan yana-da ilgarilab ketdi.
Yevropa ligasidan chiqib ketgan “Borussiya Myonxengladbax” maydoniga safar etgan “Bavariya” Tomas Myullerning yagona goli evaziga zafar quchdi. Uni quvib kelayotgan “Leyptsig” esa ligada jon saqlab qolishni asosiy maqsad deb bilayotgan klub maydonida yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
Qayd etish kerak, mazkur tur “Borussiya Dortmund”ning 3 ochkoni qo‘lga kiritishi bilan start olgandi.
Izoh (0)